French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchrashuvda yoshlarga zamonaviy ish qurollari topshirildi
11:40 / 2026-02-11

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi hokimi Akbarali Ishmurzoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman rahbari mamlakatimizda yigit-qizlarning o‘z orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini qayd etib, tumanda yoshlarning o‘qib, izlanishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ular duch kelayotgan muammo va takliflarini tingladi. Bir guruh faol, tashabbuskor vaqtincha ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash uchun zarur jihozlar topshirildi. 

– Samimiy muloqot va e’tibor biz yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnimizni topib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishimizda turtki berdi, – deydi Shaldiroq mahallasida yashovchi Humoyiddin Shodmonov. – Ayni paytda vaqtincha ishsiz edim. Foydali ish bilan shug‘ullanib, daromad topishim uchun payvandlash uskunasi berishdi. Endilikda ish qurolim bilan o‘zimni o‘zim band qilaman. Jamiyatga nafim tegadi. Halol mehnatim bilan hayotda o‘z o‘rnimni topib, tengdoshlarimga o‘rnak bo‘lishga intilaman.

Tadbirda so‘zga chiqqan yoshlar ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri