Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchrashuvda o‘zlarining g‘oya va takliflari bilan ishtirok etishdi
11:10 / 2025-08-07

Guliston davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida rektor, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Xodjiyevning talaba-yoshlar, volontyorlar va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan «Rektor va yoshlar» uchrashuvi universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda talabalar universitet rahbariga o‘z fikr va takliflarini erkin bayon etishdi. Jumladan, kitobxonlikni rivojlantirish, she’riyat to‘garaklarini kengaytirish, sport va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha bir qator tashabbuslar ilgari surildi. Professor Muhsin Xodjiyev har bir taklifni diqqat bilan tinglab, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar topshirdi.

Ta’kidlanishicha, Guliston davlat universitetida yoshlar bilan rahbariyat o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot muhiti shakllantirilgan. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti esa bu jarayonda faol ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

– “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi uchrashuvda yoshlarimiz rektor bilan muloqotda o‘zlarining g‘oya va takliflari bilan ishtirok etishdi. Biz bu jarayonda yanada faol bo‘lishga intilmoqdamiz, – deydi universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri