Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchrashuv va muloqotlar jismoniy tarbiya va sport rivojiga xizmat qiladi
10:20 / 2022-09-30

Mamlakatimizda aholining murojaatlari bilan ishlash borasida sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Natijada joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar, uchrashuv va muloqotlar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu, “xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning samara berayotganidan dalolat. 

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida yurtimizning turli hududlarida, jumladan, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka-chekka maskanlarida sayyor qabul va uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi. 

Sirdaryo viloyatida Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avazjon Karimov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul ham ushbu harakatning mantiqiy davomi bo‘ldi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati. 

Mazkur sayyor qabulda sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, sport ta’limi muassasalari va trenerlarga yaratib berilayotgan imkoniyat-u shart-sharoitlar hamda rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari to‘g‘risida soha vakillari bilan suhbatlashildi. Ularning fikr-mulohazalari tinglandi. 

Viloyatning sport maskanlarida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolari va takliflari o‘rganildi. Ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yechimini kutayotgan muammolarning ayrimlarini joyida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi. 

Sayyor uchrashuvlar yakunida mamlakatimizda aholini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish, joylarda belgilangan reja asosida bunyod etilgan sport-sog‘lomlashtirish maskanlaridan foydalanish kabi qator mavzular keng jamoatchilik ishtirokida qizg‘in muhokama qilindi. 

 

T.Ro‘ziyev,  
O‘zA