Uchqun Quronboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi
Fransiyada o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz Uchqun Quronboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Polvonimiz ushbu medal uchun kechgan bellashuvda Kim Dongunga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytda 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Para yengil atletika, para dzyudo, para pauerlifting va para kanoe bo‘yicha sportchilarimizning ishtiroki davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA