Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchquduqlik sportchi qiz Osiyo chempioni bo‘ldi
17:46 / 2025-04-19

Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida sambo bo‘yicha davom etayotgan Osiyo-Okeaniya chempionatida navoiylik sportchilar ham faol ishtirok etmoqda.

2005-2007 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasidagi sambo va jangovar sambo bellashuvlarida 20 ga yaqin mamlakatning mahoratli yosh sportchilari orasida Uchquduq sport maktabining sambo bo‘limi tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Asal Shavkatova 72 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bu ulkan yutuqda sportchining tinimsiz mehnati bilan birga ustozi Hayotjon Umarovning ham hissasi beqiyos ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri