Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchquduqlik o‘qituvchi malaka (test) sinovida 100 ball oldi
15:23 / 2025-11-14

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning bilimlarini baholash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka (test) sinovlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan. 

Malaka test sinovlarida Uchquduq tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari faol qatnashib, yuqori natijalarga erishmoqda. Jumladan, maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Dilnoza Qodirova attestatsiya jarayonlarida ishtirok etib, 100 ball to‘plab, oliy toifasini yangiladi.

– Yurtimizda pedagoglarga malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirilib, inson omilisiz o‘tkaziladigan yangi tizim joriy qilinganligi biz o‘qituvchilar uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi D.Qodirova. – Bugungi o‘tkazilgan test sinovida qatnashib, 100 ballni qo‘lga kiritdim. Jarayonlar shaffof tashkil etilgan. Inson omili aralashgan emas. Barcha harakatingizni o‘zingiz nazorat qilasiz. Tajriba va o‘rganishlarimdan olgan xulosam shu bo‘ldiki, ustoz yoki pedagog doimiy ravishda o‘ziga nisbatan talabchan va o‘z ustida muntazam ishlashni tashkil eta olsa, albatta, yuksak natijalarga erisha oladi. 

 Bu natija orqali Dilnoza Qodirova respublikada tengsiz va bilimli pedagoglardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, uning ko‘plab shogirdlari yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida ustozning 3 nafar o‘quvchisi asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichida g‘oliblikka erishib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA