Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchquduqda ikkita mahalla binosi foydalanishga topshirildi
09:54 / 2022-02-14

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida o‘z binosiga ega bo‘lmagan “Mustaqillik” va “Abay” mahallalari binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bugun mahallalar jamiyatning kichik bo‘g‘ini sifatida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, oilalarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlari binosi davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlar Husniddin Normurodov va Farid Murodov tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, bu yerda xodimlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

– Oila – xalqimizning asriy urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan maskan bo‘lib, barcha ezguliklar undan boshlanadi, undan mahalla va jamiyatga ko‘chadi, – deydi Inobat Bahronova. – O‘zim “Abay” mahallasi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zosiman. Mahallamizdagi yosh oilalar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda oilani mustahkamlashga xonadonning har bir a’zosi mas’ul ekanligini tushuntiramiz.

“Mustaqillik” mahallasi 1993 yilda tashkil etilgan. Shu yillar mobaynida mahallaning o‘z binosi yo‘q edi. Shu paytgacha ijara asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan mahallada 5 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

– Barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoning qurilib foydalanishga topshirilishi nafaqat mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun, balki mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarimizga bo‘lgan e’tiborning bir ko‘rinishi desak, to‘g‘ri bo‘ladi, – deydi “Mustaqillik” MFY raisi Komil Turdiyev. – Bizga yaratib berilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda butun kuch-g‘ayratimizni yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, mahalla tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ezgu ishlarga sarflaymiz.

Rayhon Qodirova, 
Uchquduq tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

O‘zA