French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchquduqda 20 gektar maydonda “Yashil belbog‘”lar tashkil etiladi
11:37 / 2025-03-17

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatining olis Uchquduq tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil belbog‘”lar yaratish bo‘yicha ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi amalga oshirilmoqda.

“Yo‘lchilar” OFY hududida 5 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Yashil bog‘”da bo‘lib o‘tgan ommaviy ko‘chat ekish aksiyasida Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov, tuman prokurori Maqsud Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i Anvar Radjapov, nuroniylar, yoshlar, deputatlar va faollar, korxona-tashkilot hamda muassasa xodimlari ishtirok etdi.

Aksiya doirasida so‘zga chiqqanlar Uchquduq zaminida ko‘chat ekib, undirish juda katta mashaqqat va mehnat talab qilishini, ona tabiatimizni asrash, avaylash hamda uni avlodlarga sof holda yetkazish uchun barcha birdek mas’ul ekanligini ta’kidladi.

5 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Yashil bog‘”da bir kunda 7,5 ming dona iqlim sharoitiga mos va suvsizlikka chidamli daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, joriy yil bahorgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Uchquduq tumanida 734 ming 100 dona mintaqa iqlimiga mos daraxt ko‘chatlari ekish, 20 gektar maydonda “Yashil belbog‘”lar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri