Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uchquduq” - tuman hayoti ko‘zgusi
11:24 / 2025-10-31

FOTOREPORTAJ

Bepoyon Qizilqum bag‘ridagi Uchquduq Navoiy viloyati markazidan 300 kilometr olisda joylashgan tuman.

Bugun bu hududda barcha sohada salmoqli natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bu o‘zgarish va yangilanishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining, xususan, tuman gazetasining hissasi beqiyos. 

2004 yildan “Uchquduq” nomi bilan o‘zbek, qozoq va rus tillarida chop etib kelinayotgan tuman gazetasining uchquduqliklar madaniy hayotida alohida o‘rni bor. Har o‘n kunda 4 ming nusxada chop etilayotgan nashr o‘z vaqtida obunachilar qo‘liga yetkazilishi bilan bir qatorda, mushtariylarga www.uchquduq-gazeta.uz sayti orqali elektron tarzda ham havola etilmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Otabek Aslonov mazkur gazeta tahririyatida bo‘lib, jamoaning ish faoliyati, ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Ochiq ruhdagi suhbat davomida matbuot va so‘z erkinligi, kasb etikasi talablariga rioya qilish, barcha soha raqamlashayotgan ayni zamonda gazetaning o‘rni va nufuzini saqlash qolish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

[gallery-26006]

Tahririyat xodimlari respublika miqyosida o‘tkazilgan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” hamda “OAV e’lon qilingan eng yaxshi material” kabi tanlovlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA