FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati markazidan 300 km uzoqlikda joylashgan, “Qizilqum javohiri”, “Sahrodagi bo‘ston” deya ta’rif etiladigan Uchquduq tumanidagi bugungi o‘zgarishlar samarasini hududda yashovchi 37,5 ming nafar aholi turmush tarzi misolida ham ko‘rish mumkin.
[gallery-23641]
Darhaqiqat, 20 dan ortiq millat va elat vakillarining faxri va g‘ururi bo‘lgan Uchquduqning mavqei nafaqat o‘zining oltini, chorvachilik mahsulotlari, shu bilan birga mehnatkash, bag‘rikeng xalqi, iste’dodli yoshlari, zabardast konchilarining fidoyi intilishi bilan tobora oshib bormoqda.
Uchquduq shahri bugungi kunda jadal rivojlanayotgan, aholisi tez o‘sib borayotgan, shunga mos ravishda turar joylar va ijtimoiy infratuzilmalar barpo etish sur’ati oshayotgan maskan sanaladi. Ayni paytda bu yerga tashrif buyursangiz, yangi osmono‘par binolar qurilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, markazning tungi manzarasi betakror va jozibali.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA