Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uchquduq” jamoasi “GeoVizov” xalqaro musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
19:02 / 2025-09-19

O‘zbekiston yoshlari xalqaro fan va ilmiy musobaqalarda o‘z salohiyatini yana bir bor namoyish etmoqda.

Joriy yil 7-17 sentyabr kunlari Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro “GeoVizov” musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Geologiya fanlari universitetining “Uchquduq” jamoasi yuqori mahorat va bilimlarini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Chempionatda Xitoy, Belarus, Qozog‘iston, Misr, Iroq, Jazoir, Zimbabve, Efiopiya, Falastin, Gvineya, Burkina-Faso, Janubiy Afrika Respublikasi, Gana, Mozambik, Mo‘g‘uliston jamoalari hamda Rossiyaning 19 ta jamoasi ishtirok etdi. 

Unda jami 38 ta jamoaning 300 dan ortiq ishtirokchisi o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur bellashuvlarda “Uchquduq” jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, yakunda xalqaro jamoalar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, “Uchquduq” jamoasi 2024 yilda ham mezbon jamoalardan keyin eng yaxshi natija ko‘rsatib, xalqaro miqyosda Qozog‘iston va Xitoy jamoalarini ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egallagan edi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA