FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani pillakorlari chilgi hosil – ipak qurti urug‘larini parvarishlashga kirishdi. Bu galgi pilla mavsumi har yilgidan-da unumli bo‘lishi kutilmoqda.
Tumanda joriy yil 3 ming 522 quti ipak qurti parvarishlanib, mavsum yakunida 204 tonna pilla xomashyosi (ho‘l pilla) olish rejalashtirilgan. Ushbu xirmonga “Rahbarxon” fermer xo‘jaligi ham munosib hissa qo‘shish harakatida.
[gallery-11727]
“Dehqonobod Mehnatobod” MMTP hududidagi “Toshpo‘lat hoji” fermer xo‘jaligi tomonidan esa 34 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. “Qo‘g‘aylik M.Ismatillayev” MMTP hududidagi “Guli Imona” fermer xo‘jaligi ham parvarishdagi 50 quti ipak qurtidan barakali kumush tola yetishtirish niyatida.
Nurobod mahallasi Sharq ko‘chasida yashovchi Shuhrat Otaboyev va Nodira Otaboyeva tumanning ilg‘or pillakorlaridan.
N. Otaboyeva “Aëllar daftari”ga kiritilgan. Turmush o‘rtog‘ining betobligiga qaramay farzandlari bilan birgalikda ipak kurti parvarishlaydi. Halol mehnat samarasi oila farovon, ro‘zg‘or but.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA