Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchqo‘rg‘onning chegara hududida xalqaro maktab-internati ochildi
17:19 / 2025-09-03

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Yangiyer mahallasi chegara hududda joylashgan. Uzoq yillar davomida e’tibordan chetda bo‘lib kelgan bu manzil bugun tamomila yangi qiyofa kasb etib bormoqda. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, zamonaviy infratuzilmalarning yaratilishi yangiyerliklarning turmush sifati va darajasini oshirmoqda.

Bu esa o‘z navbatida hudud aholisini yangi tashabbuslarga undayotir. Ana shunday tashabbuskor fermerlardan biri Gulhumor Tog‘ayeva  mahallada xorijiy tillarga ixtisoslashgan xalqaro maktab-internatini barpo etishda bosh-qosh bo‘ldi.  

Maktab 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 12 turdagi sport yo‘nalishlariga mo‘ljallangan kompleks ham qurilgan bo‘lib, bu yerda xalqaro darajadagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati mavjud.  

[gallery-25155]

Maktabning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat rahbari Sh. Abdurazzoqov ushbu muassasa hududda ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga, yosh avlodni xalqaro talablarga mos mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim loyiha ekanini ta’kidladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA