Fotoreportaj
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida limonchilik yaxshi rivojlangan.
Qo‘g‘ay qishlog‘ining uch gektarlik limon plantatsiyasi 3,5 milliard so‘mlik loyiha evaziga barpo etilgan. Klasterga aylanib, tobora kengayib borayotgan ushbu xo‘jalikni tajribali dehqon Nosirjon Bekmurodov boshqarmoqda.
– 3400 tup limon ko‘chati ekdik, - deydi N. Bekmurodov. – Uch yilda limon hosilga kiradi. Ungacha ko‘chat orasidan samarali foydalanamiz. Qulupnay, karam, qalampir yetishtiramiz. O‘tgan yili 1 milliard so‘m daromad oldik.
Shuningdek, omilkor o‘z xonadonida ham 30 sotixli limonariya tashkil etgan. Xonadon yerto‘lasida esa 200 tonna sig‘imli muzlatkichli omborxona ishlab turibdi. Hozirda omborxonada 80 tonna limon zaxira sifatida saqlanib, avgust oylarida sotilishi rejalashtirilgan.
[gallery-5530]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA