Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchqo‘rg‘onlik 15 yoshli o‘quvchi 50 ming dollar miqdoridagi mukofotning bir qismini maktab uchun xayriya qildi
15:46 / 2024-01-25

FOTOREPORTAJ

Namanganlik 15 yashar o‘quvchi «President Tech Award» tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun berilgan mukofotning bir qismini o‘zi o‘qiyotgan maktab uchun ajratdi.

Muhammad Tojiddinov Uchqo‘rg‘on tumanidagi 3-maktabning 9-sinfida tahsil oladi. U boshchilik qilgan jamoa tanlovning Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari yo‘nalishida “PCP raqamli qalqoni” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin oldi va 50 ming dollar miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.

[gallery-15633]

- Maqsadimiz tizimlar va shaxslarni ishonchli himoya qilishdan iborat. Eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, kiberhujumlarni o‘tmishga aylantirishni istaymiz. Loyihamiz hozircha o‘zimizda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi, kelgusi yili esa jahon bozoriga chiqishni niyat qilganmiz, - deydi Muhammad Tojiddinov.

M. Tojiddinov jamoa a’zolari bilan kelishgan holda xayriya qilgan mablag‘ga maktabda zamonaviy kompyuter sinfini tashkil etish rejalashtirilgan.

- Bu maktabimda bilim olayotgan ukalarimiz va singillarimiz axborot texnologiyalarini mukammal o‘rganishi uchun rag‘bat deb o‘ylayman. Qolaversa, onam shu maktabda 30 yildan beri ona tili va adabiyotdan dars beradilar, - deydi samimiylik bilan Muhammad.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA