Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Gulxumor” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi dastlab, 1999 yilda 26 gektar yer maydonida faoliyat boshlagan bo‘lib, bugunga kelib jami 880 gektar yer maydoniga ega.
Xo‘jalik ekin maydonida paxta, g‘alla, meva-sabzavot hamda chorva uchun beda, makka yetishtiriladi.
[gallery-228]
1 gektar maydonda esa issiqxona tashkil etilgan. Shuningdek, parvarishda 172 bosh naslli qoramol, 17 quti asalari bor. Xo‘jalik qoshida tashkil etilgan non sexida esa bir kecha kunduzda 1200 tonna non va non mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Ta’kidlash joiz, xo‘jalik rahbari Gulxumor Tog‘ayevaning shudgorlash, chigit va don ekish, ekinlarni parvarishlashga oid ilg‘or tajribasi viloyat fermerlari o‘rtasida ommalashtirilgan bo‘lib, u asosida “G‘o‘za nihollarini kasalliklardan asrashning agrotexnik tadbirlari”, “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini zamonaviy agrotexnologiya yordamida oziqlantirish” mavzularida o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA