English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchqo‘rg‘onda yosh kartingchilar bellashdi
11:33 / 2025-08-11

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025 yil kalendar rejasiga asosan Namangan viloyati Kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman O‘quv sport texnika klubiga qarashli kartodromda karting poygasi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati final musobaqasi o‘tkazildi.

[gallery-24700]

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston shuningdek, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan jami 85 nafar sportchi o‘zaro bahslarga kirishdi. Musobaqa qizg‘in va bahslarga boy tarzda kechdi. Sportchilar orasida qizlarni borligi quvonarli, albatta. 

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Namangan viloyati va 3-o‘rinni Toshkent viloyati jamoalari egalladi. Kattalar o‘rtasida esa 1-o‘rin Toshkent shahri keyingi o‘rinlar Toshkent va Buxoro viloyatlari vakillariga nasib qildi.

G‘oliblarga “Vatanparvar” tashkilotining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.