Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchqo‘rg‘onda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi
12:05 / 2023-06-02

FOTOREPORTAJ

Dunyoda bolalar kulgusi-yu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rgatishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodati va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

[gallery-12181]

1  iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi hamda ularga bayram sovg‘alari topshirildi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA