Uchqo‘rg‘onda pilla hosili taroziga tushdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joriy yil birinchi pilla hosilini qabul qilish tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilda tumanda 3 ming 349 quti ipak qurti parvarishlanib, 191 tonna hosil olinishi ko‘zda tutilgan. Shunda hosildorlik o‘rtacha 55 kilogrammdan to‘g‘ri keladi.
[gallery-7057]
Tumandagi mavjud 12 ta inkubatoriyada xorijdan keltirilgan qurt urug‘lari belgilangan me’yor asosida jonlantirildi. E’tiborlisi, bu urug‘ sifatli bo‘lib, jarayonda qo‘l mehnati kamayadi, barg tejamkorligi ta’minlanadi hamda yuqori hosil olish imkoni yaratiladi.
Tadbirda ilg‘or pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA