Uchqo‘rg‘onda paxta terimi qizg‘in
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida joriy yil 7 ming 863 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Hozirda paxta terimi qizg‘in sur’atlardadavom etmoqda.
[gallery-25598]
Hosilni yig‘ib-terib olish ishlari asosiy tartibda zamonaviy terim mashinalari orqali amalga oshirilayotir. Shu bilan birga, paxta terimi mavsumi aholi uchun ham qo‘shimcha daromad manbai sifatida xizmat qilmoqda.
“Javlon” fermer xo‘jaligida hozirgi kunga qadar 300 nafarga yaqin mahalliy aholining faol ishtiroki kuzatildi. Mehnatkashlar uchun zarur sharoitlar, tashkiliy qo‘llab-quvvatlash ishlari ta’minlangan. Shu bilan birga, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA