Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchqo‘rg‘onda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi
13:28 / 2026-02-01

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida mahalla institutini yanada mustahkamlash, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2025 yilda tumandagi Birlik, Ulug‘bek, Madaniyat, O‘rdabog‘ hamda Uchko‘prik mahallalari uchun yangi, zamonaviy mahalla binolari barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

2026 yilda mazkur ishlar izchil davom ettirilib, Farg‘ona, Paxtachi, Yangiyer, Eshonto‘pi mahallalarida viloyat hokimi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan, Chek va Qumto‘g‘on mahallalarida esa davlat–xususiy sheriklik asosida mahalla binolari qurilishi amalga oshirilmoqda.

Bugun ana shu ezgu ishlar doirasida Farg‘ona mahallasi uchun barpo etilgan yangi bino to‘liq qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi binoda mahallada faoliyat olib boradigan barcha xodimlar hamda fuqarolar uchun zamonaviy, qulay va munosib shart-sharoitlar yaratilgan.

Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, mahallalarni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

[gallery-27414]

Viloyat rahbari mahalla “yettiligi”, faollari hamda nuroniylar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Qayd etilganidek, mahalla aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin bo‘g‘in bo‘lib, uning samarali faoliyati uchun munosib shart-sharoit yaratish fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA