FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida IELTS, SAT va IT fanlari bo‘yicha intensiv kurslarni o‘zida mujassam etgan holda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yuqori ta’lim standartlari bo‘yicha ta’lim beruvchi “HI school” nodavlat ta’lim muassasasi ochildi.
4 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan maktab 240 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga qabul qilish imkoniga ega.
[gallery-15049]
Muassasa zamonaviy jihozlar, multimedia vositalari bilan ta’minlandi. Darslar oliy toifali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga xorijlik mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan.
Nodavlat ta’lim muassasasining ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
“HI school” xalqaro maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinib, ingliz tili, matematika va mantiqiy fikrlash sinovdan o‘tkaziladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA