FOTOREPORTAJ
Golubika (xalqimiz uni “ko‘k meva”, “ko‘k do‘lana” ham deb ataydi) dorivor xususiyatlariga ko‘ra bugungi kunda dunyo bozorida eng qimmat rezavor hisoblanadi. Uni yetishtirish iqtisodiyot uchun koni foyda.
[gallery-24263]
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Istiqlol mahallasida tadbirkor Tolibjon Xolmatov Belarus, Serbiya va Polsha davlatlaridan olib kelingan noyob golubika rezavorini hudud iqlimiga moslashtirgan holda parvarishlamoqda. Bugungi kunda uning plantatsiyasida 6 ming dona 2-3 yillik hamda 300 dona 5-6 yillik ko‘chatlar mavjud. Golubika uchinchi yildan to‘liq hosilga kiradi.
Ayni paytda plantatsiyada golubika pishib yetilgan. Uni yetishtirish, hosilini yig‘ib olish va bozorga chiqarish jarayoni nafaqat mahalliy dehqonlar va agrar soha xodimlari, balki ekoturistlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA