FOTOREPORTAJ
Uchqo‘rg‘on tumani qishloqlaridagi xonadonlarning deyarli barchasida yong‘oq daraxti bor. Bu daraxtning quyuq soyasi yoz kunlari salqinlash uchun qulay bo‘lsa, mevasi ming dardga davo, jahon bozorida ham anchayin xaridorgir hisoblanadi.
[gallery-13402]
Tumandagi Shahrixonchek mahallasida joylashgan «Golden leaves» korxonasi yong‘oq, pista, mosh va yog‘ochni qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Yuzga yaqin kishi bandligi ta’minlangan korxonada shu kunlarda aholi xonadonlaridan yig‘ib-terib olinayotgan yong‘oq qayta ishlanmoqda. Korxona tomonidan Namanganning o‘zidan, shu bilan birga respublikaning turli hududlaridan olib kelingan yong‘oqlar mag‘zini ajratish uchun kasanachilarga tarqatiladi. Tayyor mag‘izlar qadoqlangan holda ichki bozorga chiqariladi hamda Rossiya, Turkiya, Gruziya va boshqa ko‘plab mamlakatlarga eksport qilinadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA