“Uchkurash” bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi
Buxorodagi Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida sport ustasi Mamajon Ismoilov xotirasiga bag‘ishlangan ot sportining “Uchkurash” turi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida yakkalik tarzida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari jamoalari ishtirok etdi. Musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar maydon bo‘ylab uchkurash turining ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Musobaqaning to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda mohir chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etdi.


G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.