English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchko‘prikda 53 nafar hokim yordamchisiga zamonaviy kompyuterlar topshirildi
12:25 / 2022-03-14

Farg‘ona viloyatidagi mahallalarda ish boshlagan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari lavozimiga iqtisodni yaxshi tushunadigan, tashabbuskor va faol mutaxassislar tanlab olindi.

Ayni kunlarda ularni samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Uchko‘prik tumanidagi 53 ta mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari zimmasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash doimiy e’tiborda. Xususan, sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash, xonadonbay asosida mahalladagi haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash, mahallaning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, taklif etilayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish va ular bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida "daftarlar” doirasida o‘rganishlar o‘tkazilib, ijtimoiy reyestrni qaytadan yangilanmoqda. Bunda o‘z-o‘zidan mahallalar qiyofasi shakllanib, ijtimoiy muhitni yaxshilashga doir vazifalar ham belgilanmoqda.

O‘z navbatida, hokim yordamchilarining ish samaradorligini yanada oshirish, ular uchun munosib mehnat sharoiti yaratish va zamonaviy anjomlar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hokim yordamchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy kompyuterlar topshirildi. Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning aholi bilan ishlash borasidagi tajriba va malakalarini boyitish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

M.Sulaymonov, O‘zA