Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchko‘prik tumaniga hokim tayinlandi
16:17 / 2022-05-23

Bugun xalq deputatlari Uchko‘prik tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ishtirok etgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sobiq tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliyev davrida Uchko‘prikda sanoat va ishlab chiqarishda, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda, barcha sohalarda salmoqli yutuqlarga erishilganligini ta’kidladi va Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Akmaljon Mahmudaliyevning kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Asqarov Abrorjon Qambarovich nomzodi tuman Kengashi deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Abrorjon Asqarov Uchko‘prik tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Abrorjon Asqarov 1984 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyati davomida Buvayda tumanidagi “Nurafshon” kredit uyushmasida, “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik-tijorat banki Farg‘ona viloyati filialida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Uchko‘prik tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

M.Sulaymonov, O‘zA