English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uchinchi ustozlar milliy forumi”ning Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi
18:00 / 2024-08-21

2024-2025 o‘quv yili oldidan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligi, pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarini targ‘ib qilish, o‘quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklarni tizim xodimlariga yetkazish hamda yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya institutida bu boradagi muhim va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida “Uchinchi ustozlar milliy forumi”ning Toshkent shahar bosqichi sho‘’ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. 

Forum doirasida jami 19 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘’balar tashkil etilib, ularda 351 nafar ilg‘or pedagog ishtirok etdi. 

Seminarda ilk bora 5Ye va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari tuman, maktab miqyosida davom etadi va shahardagi barcha ustozlar qamrab olinadi. 

Forum doirasida o‘tgan o‘quv yili sarhisobi va yangi 2024-2025 o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Husanboyevaning hisoboti tinglandi. 

Tadbirda yuqori natijalarga erishgan bir guruh ta’lim fidoyilari tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

N.Usmonova, O‘zA