Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchinchi ustozlar milliy forumi: g‘alvir suvdan ko‘tarildi
17:54 / 2024-08-28

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Ustozlar milliy forumi o‘tkazilib kelinmoqda. Forum 4 bosqichda bo‘lib, respublika, viloyat, tuman-shahar va maktablar kesimida o‘tkaziladi. Mazkur forumning viloyat bosqichida 400 nafardan ziyod ilg‘or, tashabbuskor, yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar ishtirok etdi.

Toshkent viloyat hokimligida o‘quv yilida muvaffaqiyatga erishgan pedagoglar, ta’lim tashkilotlari jamoalarini taqdirlash marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, erishilgan natijalarni tahlil qildi.  

Xususan, 2023 yilda viloyatdagi 33 ta ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan “qizil” toifadagi maktablarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 28 ta maktablar “qizil” toifadan chiqarildi. Ammo, 2023-2024 o‘quv yilida 27 ta maktabda ta’lim sifati samaradorligini pasayib ketishi natijasida “qizil” toifadagi muassasalar soni 32 tani tashkil etdi. Bundan tashqari, hududda 126 nafar fan o‘qituvchilariga ehtiyoj mavjud bo‘lib, shulardan, eng yuqori ko‘rsatkichlar ingliz va rus tili, fizika, matematika, kimyo fani hisobiga to‘g‘ri keladi.  

Joriy o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining 12 ming 25 nafari (40 foiz) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Ushbu ko‘rsatkich tahlil qilinganida, Toshkent viloyatidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda OTMga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktabda 21 nafar bitiruvchidan 18 nafari o‘qishga kirib eng yuqori natijani qayd etgan bo‘lsa, Bo‘ka tumani ixtisoslashtirilgan maktabi eng past natija ko‘rsatgan.  

Ushbu natijalar oddiy maktablar kesimida tahlil qilinganida Olmaliq shahridagi 1-maktabning 181 nafar bitiruvchidan 111 nafari (61 foiz) o‘qishga kirgani e’tirof qilindi. Biroq boshqa 42 ta maktabda birorta ham bitiruvchi davlat oliygohlariga o‘qishga kira olmagan. Bunday maktablar Bo‘stonliq, Chinoz, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Qibray, Zangiota tumanlarida ham mavjud.    

Tadbirda 2024-2025-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, tasdiqlangan dasturlar doirasida 6,8 million dona to‘plam to‘liq yangilangan darsliklar va o‘quv metodik majmualari 1-4 sinf o‘quvchilariga yetkaziladi. Bu yil qo‘shimcha 38 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy etiladi va bu yo‘nalishdagi maktablar soni 66 taga yetkaziladi.  

Shu bilan birga, 45 ta umumta’lim maktablarida qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilishi orqali 14 ming 764 ta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilib, 2 smenadan ko‘p maktablar soni 38 tadan 17 taga kamaytiriladi. Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 124 ta maktablar to‘liq kompyuter sinflari bilan ta’minlanadi.    

Shundan so‘ng viloyatning faol pedagoglari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.  

A.Musayev, O‘zA.