French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida» loyihalar tanlovi o‘tkaziladi
10:26 / 2021-01-14

Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentyabr-noyabr oylari davomida to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.

Davlatimiz rahbari «Uchinchi Renessans»ning poydevori aynan yoshlar bo‘lishini ta’kidlangani ham bejiz emas. «Uchinchi Renessans»ning ilk asoslarini yaratish maqsadida 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilidan boshlab har yili oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida» loyihalar tanlovi tashkil etiladi.

Ushbu tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank“ ATIB, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorligida tashkil etiladi.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqlashda xolislik, odillik, shaffoflikni ta’minlash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish uchun tanlov tashkilotchilari tomonidan olimlar, pedagog va amaliyotchilar, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Tanlov hay’ati tashkil etiladi.

Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentyabr-noyabr oylari davomida to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:

1 – Fakultet bosqichi (20 yanvar va 20 sentyabrga qadar);

2 – OTM bosqichi (20 fevral va 20 oktyabrga qadar);

3 – Hududiy bosqich (5 mart va 5 noyabrga qadar);

4 – Respublika yakuniy bosqichi (20 mart va 20 noyabrga qadar) o‘tkaziladi.

Talabalar tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi uch yo‘nalishda o‘zining innovatsion loyihalarini topshirishi mumkin:

ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib etishda innovatsion yondashuvlar;

oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning shaxsiy motivatsiyasi (manfaatdorligi)ni oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;

yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

Tanlov ishtirokchilari tayyorlagan maqola, videorolik ko‘rinishidagi ijodiy ishlarini onlayn platforma orqali taqdim etadi.

Ijodiy ishlar @vuz24bot manziliga, ishtirokchining ism-familiyasi va o‘qish joyi yozilgan holda yuboriladi. Barcha qabul qilingan ijodiy ishlar @talaba_vuz sahifasiga joylab boriladi.

Tanlov ishtirokchilarining taqdim etgan loyihalari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga 50 million so‘m miqdorida mukofot pullari taqdim etiladi.

O‘zA