Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchinchi muallim – O‘zbekiston falsafasi yutuqlarini targ‘ib qilgan vakil
16:50 / 2021-12-24

Keng jamoatchilik akademik Muzaffar Xayrullayevni iste’dodli olim, tadbirkor jamoat va davlat arbobi, toza qalbli, samimiy inson sifatida eslaydi.

Kunlarning birida taniqli faylasuf Omonulla Fayzullayev, Muzaffar Xayrullayev to‘g‘risida gapirib, «Agar muallimi avval – birinchi muallim Aristotel, muallimi as-soniy – ikkinchi muallim Forobiy bo‘lgan bo‘lsa, M.Xayrullayev esa muallimi as solis – uchinchi muallimdir», deb Xayrullayev ijodiga yuksak baho bergan ekanlar.

Bu akademik Xayrullayevning Abu Nasr Forobiy ilmiy merosini qayta tiklash borasidagi katta xizmatlari va jahon forobiyshunosligi borasida dunyo faylasuflari orasida katta obro‘ qozonganligiga bir ishora edi.

Omonulla Fayzullayev Muzaffar Xayrullayev haqida shunday yozgan: «Muzaffar Xayrullayev fanimiz va madaniyatimiz sohasida ko‘zga yalt etib ko‘ringan iqtidorli shaxs. Uning nomisiz XX asrning ikkinchi yarmida falsafamiz rivojini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Axir 40 yildan ortiq ikkita oliy dargoh – I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutlari rahbari, shuningdek, Markazqo‘mda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlashga hamma ham muyassar bo‘la olmaydi, hammaning qo‘lidan ham kelmaydi.

Abu Nasr Forobiyni qaytadan kashf etgan faylasuf ham shu zotdir. Dunyoning yarimida bo‘lib o‘tgan ilmiy kongresslarda O‘zbekiston falsafasi yutuqlarini targ‘ib qilgan vakilimiz ham shu kishi!».

Akademik Muzaffar Muhiddinovich XayrullayevO‘zbekictonda ijtimoiy fanlar, xususan, falcafa fani taraqqiyotiga yirik hicca qo‘shgan zabardast olimlardan biri edi. Olim akademik Ibrohim Mo‘minov rahbarligida Abu Nacr Forobiyning ulkan ilmiy merocini tahlil etib, alloma yashagan davrni Markaziy Ociyo fani va madaniyati tarixida o‘ziga xoc uyg‘onish davri bo‘lganligini dadil isbotlab bergan edi.

Bu davr bir tomondan Markaziy Ociyoda shakllangan iclom madaniyati ta’cirida ilm-fan taraqqiyotiga e’tiborning kuchaygan davri bo‘lsa, ikkinchidan, yurtimizda buyuk mutafakkirlar merosining qadimgi xalqlar, jumladan, yunon falsafasi an’analari bilan chatishib ketganligi hamda mazkur merosni arabchaga tarjima qila oladigan yuqori malakali olimlarning yetishib chiqqanligi bilan alohida ahamiyatga ega edi.

Abu Nasr Forobiyning o‘zi ham juda ko‘p qadimiy tillarni yaxshi egallagan, xotirasi nihoyatda kuchli shaxs bo‘lgan. M.Xayrullayevning ta’kidlashicha, «arab madaniyati, arab fani, arab falsafasi nomi ostida dunyoga tanilgan mutafakkirlarning aksariyati Markaziy Osiyodan – bizning yurtimizdan chiqqan olimlar edi. Ularning alohida bir xususiyati – xotirasining kuchliligida edi».

Bu hodisaning sababini biz Abu Rayhon Beruniyning «Osori al boqiya (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar)” asarida ham uchratamiz. Markaziy Osiyoga bostirib kelgan bosqinchilar har safar ajdodlarining bilimlarini egallagan olimlarni qilichdan o‘tkazishgan, yozma manbalarini esa gulxanga tashlashgan.

Natijada qimmatli fikrlar bayon qilingan asarlar yo‘qolib ketmasligi uchun odamlar ularni xotirada saqlashga majbur bo‘lishadi. Shu tariqa Markaziy Osiyoda yod olish san’ati vujudga kelgan. Butun boshli yirik epik asarlarni yoddan aytadigan baxshilar ham paydo bo‘lgan. Qimmatli fikrlarni she’rga solib hikoya qilish rasmga aylangan.

Shu sababli xotirasi kuchli kishilar vujudga kela boshlaydi. Kuchli xotira ko‘p tillarni oson egallashga imkon beradi. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz kamida uch-to‘rt tilda erkin gaplasha olgan. Bu ilm-fan taraqqiyotida, ayniqsa, tarjima sohasida juda qo‘l kelgan.

Ota-bobolarimiz qadimgi suriyon, yahudiy, yunon, sanskrit va boshqa unutilib ketayotgan tillardan ham qimmatli asarlarni o‘z tillariga tarjima qilishgan. Ayniqsa, bu odat Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelib, Qur’oni karimni yod olish ehtiyoji vujudga kelgan davrlarda hamda shu din orqali ilm-ma’rifatni egallashga keng yo‘l ochilgandan so‘ng nihoyatda keng ommalashdi.

Bu davrda ko‘plab asarlar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari Suqrot (Sokrat), Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Arximed, Yevklid, Gipparx, Gippokrat, Ptolomey va boshqalarning asarlari ham arab tiliga tarjima qilina boshlandi. Bu bir tomondan islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda ilm-fanning rivojlanishiga, ikkinchi tomondan keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham antik davr fan va madaniyatining qayta jonlanishiga zamin bo‘ldi.

Muzaffar Xayrullayev bu davrni «Sharq uyg‘onish davri» deb atadi. Totalitar kommunistik mafkura oqni qora deb, O‘rta Osiyo xalqlarini «madaniyati past, qoloq, turmush tarzi ibtidoiy darajadagi feodal munosabatlar ta’sirida qotib qolgan» tarzidagi g‘ayri ilmiy baholashni zo‘r berib targ‘ib etayotgan bir davrda bunday atamani ishlatish haqiqatdan ham ilmiy jasorat edi. M.Xayrullayevning bu jacorati o‘sha davrda keng e’tirof etilgandi.

Jumladan, o‘tgan acrning yetmishinchi yillari boshida Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Hozirgi zamon fanlarining falsafiy muammolari» mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiyada Moskvada nashr etiladigan «Filosofskiye nauki» jurnalining bosh muharriri V.Gott so‘z olib, «Muzaffar Xayrullayevning falsafa tarixiga, falsafiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqiqatdan ham tahsinga loyiq. U falsafa tarixida forobiyshunoslik yo‘nalishini taraqqiy ettirib, fanda butun boshli ilmiy maktab yaratishga erishdi», degan edi.

M.Xayrullayev aspiranturada mantiq ilmi bo‘yicha tadqiqot olib borgan va shu fanning ravnaq topishi yo‘lida buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy katta ishlarni amalga oshirganini chuqur anglab yetgan.

Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy Aristoteldan keyin mantiq ilmini yuqori cho‘qqiga ko‘tara olgan eng yirik mutafakkirdir. Ayniqsa, Forobiyning sillogizmlar nazariyasiga qo‘shgan hissasi mantiq fani tarixida alohida ahamiyatga ega. M.Xayrullayev Forobiyning ulkan ilmiy merosini bitta ilmiy tadqiqot instituti doirasida amalga oshirish mumkin emasligini tushunib yetib, hamkorlikka falsafa va huquq institutidan tashqari Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, moskvalik va olmaotalik olimlarni ham da’vat etadi. Forobiy asarlari qo‘lyozmalarini o‘rganish uchun butun boshli tarjimonlar guruhini shakllantiradi. Ular Forobiyning arab tilida yozilgan qo‘lyozmalarini peshma-pesh tarjima qilib, ularga sharhlar ham yozishadi.

Shu tariqa Forobiy zamondoshlari va Forobiy haqida izlanishlar olib borgan keyingi davr olimlarining ham ilmiy merosi tadqiq etila boshladi. O‘zbekistonda o‘rta asrlar falsafa tarixini tadqiq etuvchi ilmiy-ijodiy maktab shakllandi.

Biz Muzaffar Xayrullayevni yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan jonkuyar uctoz va murabbiy, mas’uliyatli rahbar sifatida ham yaxshi bilamiz. U 1970 yilning boshlarida Toshkent Davlat universiteti falsafa bo‘limi talabalariga «O‘rta va Yaqin sharq falsafasi tarixi» bo‘yicha maxsus kursdan saboq berganlar. Kamina ham shu kursni tinglash sharafiga muyassar bo‘lganman. Ustozning jussasi kichik, ko‘zlari yonib turar, harakatlari chaqqon, gaplari vazmin va fikrlarida mantiq kuchli bo‘lardi. Murakkab masalalarni ham sodda va tushunarli qilib ifoda eta olar va ma’ruzalarini o‘ta mahorat bilan o‘qirdi. Auditoriyaning holatini sinchkovlik bilan kuzatib turar, agar tinglovchilarning toliqqanini sezsa, ma’ruzani bir joyida to‘xtatib, «Endi bir rivoyat eshitinglar», deb mavzuga aloqador biror sharqona rivoyatni hikoya qilar edi. Bu usul bilan tinglovchilarning charchog‘ini olardi.

Ustoz ilm yo‘lida hech kimdan qimmatli maslahatini ayamasdi. Uning uchun laborant ham, kichik ilmiy xodim ham, akademik ham birday edi. Shu sababli, kattayu-kichik ilm ahli hech tortinmasdan M.Xayrullayevning qabuliga kirib kelaverardi. Ustoz haqiqiy fan фi­дoйiлarini hurmat qilar va ularga ilm bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoit yaratib berardi. Bu haqda zukko va hozirjavob profeccor Omonulla Fayzullayev shunday degan edi: «Muzaffar Muhiddinovichning rahbarligida ishlash rohat. Ilmda muvaffaqiyatga erishsang, maqtoviga sazovor bo‘lasan, ishlashga barcha sharoitlarni yaratib qo‘yadi, kamchilikka yo‘l qo‘ysang, seni koyish o‘rniga, kamchiliklarni o‘zi tuzatib qo‘ya qoladi. Sen esa, yo‘l qo‘ygan xatolaringga o‘zing hijolat chekib, bunday xatoga qayta yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lasan. M.Xayrullayev ana shunday bag‘ri keng insondir».

M.Xayrullayev Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan mutafakkirlarning kelib chiqishi haqida gap borganda «ular Markaziy Osiyolik sharq mutafakkirlaridir», degan nuqtai nazarni qat’iy turib himoya qilar edi. Bu fikrni Ibrohim Mo‘minov ham, Omonulla Fayzullayev ham yoqlagan. Lekin, o‘tgan asrning 70-80 yillarida ro‘y berayotgan milliy uyg‘onish jarayoni ta’sirida har bir respublika ziyolilari «bu – bizning bobokalonimiz, bunisi esa seniki» qabilidagi ayirmachilik siyosatini avj oldirishgan, buning oqibatida hammamiz uchun birday qadrdon bobokalonlarimizni bo‘lishib olish boshlangandi. Lekin, shunga qaramasdan M.Xayrullayev: «Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning etnik kelib chiqishi birdir. O‘tmishda o‘tgan har bir mutafakkir o‘zbekka ham, tojikka ham, qozoqqa ham, qirg‘izga ham, turkmanga ham, qoraqalpoqqa ham birday aziz va ular har birimizning bobokalonimizdir.

Biz «bo‘lib tashla va ularning ustidan hukmronlik qil», degan siyosatga qarshi birlashish, hamjihatlashish yo‘lidan borishimiz kerak. Shunda bizning ustimizda hukm yuritishga jur’at qila olishmaydi», degan qat’iy fikrda turardi.

Ustozning bu fikrlari bugungi mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz olimlari uchun ham dolzarb ahamiyatga ega yondashuvdir.

M.Xayrullayev Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosini tadqiq etish asosida, mintaqamizda bundan ming yillar ilgari ham taraqqiy etgan yaxlit, monolit madaniy qatlam bo‘lganligi va biz, Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yuksak madaniy merosning qonuniy vorislari ekanligimizni keng ilmiy jamoatchilik oldida atroflicha acoclab bergan olimlardan biri cifatida bugungi yoshlar uchun ibrat bo‘lishga munocibdir.

Muzaffar Xayrullayevning ilmiy mehnatlari muctaqillik yillarida munocib baholanib, Beruniy nomidagi davlat mukofoti hamda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangani ham fikrimizga dalil bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Allomaning salohiyatli shogirdlaridan Asomiddin O‘rinboyev, Ubaydulla Uvatov singari olimlar milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishgan, taniqli manbashunos olimlardan Ashraf Ahmedov, Abdumajid Madraimov, akademik Dilorom Yusupova, Mahmud Hasanov, Surayyo Karimova, Bahrom Abduxalimov, Mahbuba Abdullayeva, Royiq Bahodirov, Shovosil Ziyodov, Muhammadjon Qodirov, Mahmudjon Nuriddinov, Abduqodir Zohidov va boshqalar, M.M.Xayrullayev boshlab bergan ma’naviy merosimizni rivojlantirishdek sharfli yo‘lda, vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Agar akademik M.Xayrullayev hayot bo‘lganlarida bugungi kunlarda 90 yoshga kirib, yurtimizda qad ko‘tarayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyotiga hamda bo‘lajak uchinchi renessansning ro‘yobga chiqishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan bo‘lar edi.

Baxtiyor TURAEV, Imom Buxoriy xalqaro 

ilmiy-tadqiqot markazi direktori professor