Yangi jahon urushi ehtimoli 2023 yilga kelib sezilarli darajada oshdi, deb yozmoqda xavfsizlik bo‘yicha ekspert Robert Farli 19Fortyfive nashrida e’lon qilgan maqolasida.
Ekspertning ta’kidlashicha, bunga Ukraina inqirozi, Tayvan atrofidagi keskinlik, Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi mojaro, Koreya yarim orolidagi vaziyat yoki Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi hududiy da’volar sabab bo‘lishi mumkin.
"2022 yilda dunyo Sovuq urush tugaganidan beri buyuk kuchlar to‘qnashuvi xavfi har qachongidan ham yaqinroq", deydi u.
Muallifning aytishicha, Ukrainadagi mojaroda NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv bo‘lishi ehtimoldan yiroq bo‘lmagan ssenariyga qaramay, kuchayishi xavfi hamon mavjud. Agar “tomonlardan biri” tavakkal qadamlar tashlasa, vaziyat uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin.
Tayvan maqomi borasida Vashington va Pekin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ham xavotir uyg‘otmoqda, deya qo‘shimcha qiladi ekspert. Uning fikricha, bu mintaqadagi har qanday mojaro AQSH va Yaponiyaning katta ehtimol bilan ishtirok etishi tufayli buyuk davlatlar urushiga olib kelishi muqarrar.
Maqolada tilga olingan yana bir mojaro NATOning ikki a’zosi, ya’ni Turkiya va Gretsiyaga tegishli.
Farlining ogohlantirishicha, NATO ittifoqchisi ikkinchisiga ochiqdan-ochiq hujum qilishi dargumon bo‘lsa-da, o‘tmishdagi mojarolar ittifoq oldidagi majburiyatlarga qaramay, ba’zan ikki davlatni urush yoqasiga olib kelgan.
Nashr, shuningdek, so‘nggi bir necha oy davomida Koreya yarim orolida keskinlik muttasil kuchayganini yozadi.
Ekspertning fikricha, bu ham oddiy, ham yadro qurolidan foydalangan holda halokatli urushga aylanib ketishi mumkin.
Beshinchi ssenariy Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi hududiy nizolarning jiddiy oqibatlarga olib keladigan keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlarga o‘tishini nazarda tutadi. Mutaxassis buni haqiqiy emas, deb hisoblaydi, lekin voqealarning bunday rivojini butunlay istisno qilmaydi, deydi mutaxassis.
Shunga qaramay, ushbu mojarolarning birortasi ham 2023 yilda jahon urushiga aylanishi hozircha ishonarli ko‘rinmaydi, deya xulosa qiladi Farli.