Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchastkalar muddatidan oldin ovoz berish jarayonlariga tayyor
14:34 / 2021-10-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

 Okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev boshqargan yig‘ilishda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, ichki ishlar, milliy gvardiya boshqarmalari hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi mas’ullarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlari eshitildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun sohaviy xizmatlar tomonidan barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilgan.

Okrug hududidagi 1111 ta saylov uchastkalari joylashgan binolarning xavfsizlik talablariga javob berishi, sanitariya holatlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etildi. Har bir saylov uchastkasiga tegishli xizmatlardan mas’ullar biriktirildi.  

Saylov komissiyalari joylashgan binolar, jumladan, ovoz berish xonalarini dezinfeksiya qilish uchun sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshkarmasi, uning tuman (shahar) bo‘limlarida 33 ta brigada tashkil etildi. Ular saylovdan bir kun oldin barcha uchastkalarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshiradi. Uchastka saylov komissiyalarining a’zolarining 13974 nafari koronavirus infeksiyasiga karshi vaksina bilan emlangan.

Epidemiologik vaziyat tufayli, saylov komissiyalari a’zolarini koronavirus infeksiyasiga tekshirish zarur bo‘lganda, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun PZR laboratoriyalari shayligi ta’minlandi.

 Majlisda xalq deputatlari tuman va shaharlar kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra, ayrim uchastka saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risda okrug saylov komissiyasining qaror qabul qilindi.  

 Shuningdek, yig‘ilishda 14 oktyabr kunidan boshlanadigani muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining qarorlarida belgilangan tartibda o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.  

 Qonunchilikka ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

 – Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va uch kun qolganida tugallanadi, – deydi okrug saylov komissiyasi a’zosi Nargiza Kenjayeva. – Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi,  viloyat, tuman, shaxar saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi. Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 5 oktyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14 oktyabr kuni boshlanib 2021 yil 20 oktyabrning yakuniga qadar o‘tkaziladi. Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar deb belgilandi. Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalariga, okrug saylov komissiyalari esa o‘z navbatida uchastka saylov komissiyalariga saylovchilar umumiy sonining 5 (besh) foizi miqdorida saylov byulletenlari va zarur kanselyariya buyumlarini, shuningdek shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalarini yetkazib berilishini ta’minladi.

 Yig‘ilishdan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi va unda okrug saylov komissiyasi faoliyati hamda shu kunlarda hududda davom etayotgan saylov kampaniyasi jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

 Shuningdek, viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakilariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ular akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar topshirildi. Shu paytgacha viloyat bo‘yicha 94 nafar jurnalist va blogerlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

 Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga okrug saylov komissiyasi mas’ullaridan javoblar oldilar.

 

 G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA