Uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida okrug hududidagi 613 uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Faoliyat sohasiga ko‘ra komissiya a’zolari tarkibidan xalq ta’limi, oliy ta’lim tizimi xodimlari o‘rin olgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkil etmoqda. Komissiyalar tarkibida gender masalalari ham inobatga olingan bo‘lib, ayollar ham rahbarlik (uchastka komissiyasi raisi, o‘rinbosari, mas’ul kotibi) lavozimida faoliyat yuritishadi.


Shuningdek, majlisda okrug komissiya a’zolarining o‘zlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.
Zarif Komilov, O‘zA