Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchastka saylov komissiyalari a’zolari tasdiqlandi
09:34 / 2021-09-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida okrug hududidagi uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, saylov jarayonining yuqori saviyada va belgilangan tartiblarga muvofiq holda o‘tishida, shubhasiz, uchastka saylov komissiyalarining o‘rni va roli nihoyatda katta. Shu bois uchastka saylov komissiyalari tarkibiga katta hayotiy tajribaga ega, bilimli va salohiyatli fuqarolarni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. 7-9 sentyabr kunlari Qarshi va Shahrisabz shaharlari hamda barcha tumanlarda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining takliflari asosida uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga tanlab olingan shaxslar obdon muhokama etilib, okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim qilindi.  

Taqdim etilgan nomzodlar ro‘yxati okrug saylov komissiyasi a’zolari tomonidan Saylov kodeksi talablari asosida sinchiklab o‘rganib chiqilib, Qashqadaryo viloyati hududida 1001 ta uchastka saylov komissiyalarini tuzish bo‘yicha qaror qabul qilindi hamda mazkur komissiyalar tarkibiga 14613 kishi jalb etildi. Shularning 5765 nafarini xotin-qizlar tashkil qilmoqda.

Komissiyalar a’zolari tarkibi mutaxassisligi bo‘yicha tahlil etilganda, pedagoglar 7705, shifokorlar 971, iqtisodchilar 720, huquqshunoslar 240, muhandislar 665 nafar, jurnalistlar 30 nafar va 4282 nafar boshqa kasb egalari ekanligini ko‘rish mumkin. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida 855 nafar qoraqalpoq, qozoq, rus, tojik, koreys, turkman va boshqa millatlar vakillari faoliyat olib boradi. Komissiya a’zolarining 8599 nafari, yoki qariyb 59 foizi avvalgi saylovlarda komissiyalar tarkibida bo‘lgan, ya’ni bu borada tajribaga ega.

Yig‘ilishda uchastka saylov komissiyalarining sifat tarkibi atroflicha muhokama qilinib, saylov kampaniyasining navbatdagi muhim bosqichlarida saylov uchastkalarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, muhim vazifalarga e’tibor qaratildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA