Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchastka komissiyalari tarkibi tasdiqlandi
12:57 / 2023-04-06

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi majlisida okrug hududidagi referendum uchastkalari komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” gi qonunga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh-o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuzilishi lozim.

Uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Samarqand viloyatidagi 14 tuman va 2 shahar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 7-Samarqand okrugiga hududlardagi uchastka komissiyalari tarkibiga taqdim etilgan nomzodlar ko‘rib chiqilib, ularning tarkibi tasdiqlandi.  

– Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari bo‘lishi mumkin, – deydi 7-Samarqand okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari D.Yakubjanova. – Siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar komissiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pini bir tashkilotda ishlaydigan shaxslar tashkil etmasligi zarur, lekin harbiy qismlar, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka komissiyalari bundan mustasno. Ana shu tartib asosida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibi raisi, o‘rinbosar, kotib va a’zolardan iborat tarzda ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Ularning umumiy soni 11823 nafarni tashkil etadi. Komissiyalar a’zolarining 77 foizi avval saylov va referendumlarda qatnashgan, bu borada tajribaga ega.  

Mutaxassisligi bo‘yicha 49 foizi pedagog, 11 foizi tibbiyot xodimlari, 9 foizi iqtisodchilar, 5 foizi muhandislar va boshqa sohalar vakillaridan iborat. Komissiyalar tarkibida xotin-qizlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Xususan, raislarining 277 nafari, rais o‘rinbosarlarining 387 nafari, kotiblarning 412 nafari ayollardir.

Majlisda uchastka komissiyalari faoliyatini tashkil etishda okrug komissiyasi a’zolari oldida turgan vazifalar haqida ham so‘z yuritildi.

G‘.HASANOV,  

A.ISROILOV (surat), O‘zA