Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch yuz tupdan ortiq daraxt ko‘chati ekildi
18:02 / 2025-11-25

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil belbog‘”lar barpo etish, ekologik atrof-muhit muhofazasiga katta ahamiyat qaratilib, bu boradagi tadbirlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan Nukus shahrining “Ata makan” mahalla fuqarolar yig‘inida 1 gektardan ortiq foydalanilmasdan turgan yer maydoni o‘zlashtirilib, ekishga shay holatga keltirildi.

Ushbu yer maydoniga ko‘chat ekish jarayoni katta tadbir sifatida tashkil etildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov rahbarligida yoshi ulug‘ nuroniylar, faol yoshlar ishtirokida uch yuz tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.    

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri