Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch yulduzli mehmonxona ochildi
17:36 / 2025-11-05

Buxoro shahrida xususiy tadbirkorlar tomonidan bunyod etilgan mehmonxona foydalanishga topshirildi.

Mehmonxonaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov yurtimizda birinchilardan bo‘lib, jahon standartlari asosida xorijiy brend boshqaruvi joriy etilgan muhtasham mehmonxona bo‘lib tanilishini, bu esa O‘zbekistonda, qolaversa, Buxoroda turizmni yanada rivojlanishida, Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuradigan sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratishini alohida ta’kidladi.

Mehmonxonaning boshqaruv menejeri, turkiyalik Yatishgen Muradbey  bu majmua nafaqat xorijiy sayyohlar, shu bilan birga mahalliy aholi uchun ham go‘zal maskanga aylanishini qayd etdi. 

G‘ijduvon ko‘chasida ish boshlagan 112 ta xona va 224 ta o‘ringa ega bo‘lgan “Ramada Encore by Wyndham” mehmonxonasining loyiha qiymati 15 million AQSH dollarini tashkil etadi. “International Hotel Service” kompaniyasi tomonidan zamonaviy arxitektura asosida qurilgan mehmonxona sakkiz qavatdan iborat bo‘lib, barcha talablarga javob beradi. Bu joyda mehmonxona xizmati bilan bir vaqtda, konferensiya zali, basseyn, sport sog‘lomlashtirish va restoranlar kabi qo‘shimcha ob’ektlar faoliyat ko‘rsatadi. 

[gallery-26093]

Mehmonxonada yuzga yaqin doimiy ish o‘rni yaratildi. E’tiborli jihati, mehmonxonada ilg‘or menejment boshqaruvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dunyoning top-50 reytingiga kiruvchi “Ramada Encore by” franshizasi shartnomasi imzolangan. 

Yig‘ilganlar mehmonxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.