Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch yildan beri yechim topmagan muammo DXA aralashuvi bilan hal etildi
13:19 / 2021-12-24

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanidagi Islomobod mahallasida yashovchi fuqaro Unsunoy Usmonovaning farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olishda amaliy yordam so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat egasi 2018 yilda Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi tug‘ruqxonada farzandli bo‘lgan, biroq tibbiy muassasaning manzili va nomini bilmasligini, farzandi uchun tibbiy ma’lumotnoma olmaganligi sababli hozirga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagani ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida aniqlanishicha, ushbu fuqaro bir nechta tashkilotlarga murojaat qilgan, Toshkentga ham borib kelgan, biroq uning masalasi ijobiy hal etilmagan.

DXA Namangan viloyati boshqarmasi mas’ullari tomonidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga fuqaro Unsunoy Usmonovaning farzandli bo‘lgan tug‘ruqxonani aniqlash va bu haqida tug‘ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma berish yuzasidan so‘rov xati yuborildi.

Natijada, Unsunoy Usmonovaning 2018 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida qiz farzandli bo‘lganligi aniqlanib, bu haqida tug‘ilganlik tibbiy ma’lumotnomasidan ko‘chirma olinishi ta’minlandi.

Ayni shu hujjatga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan ayolga 3 yoshli qizi Jumagul Usmonovaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA