Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch tup qayrag‘och qariyb 6 million so‘mga tushdi
15:56 / 2021-05-05

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Bizga kelgan norasmiy ma’lumotga ko‘ra, Uchquduqda daraxtlar kesilmoqda. Videoda ham iddaoni qisman tasdig‘ini ko‘rishingiz mumkin..” sarlavhasi ostida video tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida haqiqatdan ham Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirishga mo‘ljallangan yo‘l qurilishida Uchquduq tumani obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan bir tup qayrag‘och tag qismidan, ikki tup qayrag‘och o‘sishdan to‘xtamagan darajada shikast yetkazilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Uchquduq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi X.J ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 225 000 so‘m jarima hamda 4 557 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA