English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch qo‘shni mamlakatda ulgurji-taqsimlash markazlari (UTM) qurilishini kim moliyalashtiradi?
17:58 / 2021-07-15

Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda barpo etilayotgan ulgurji-taqsimlash markazlari qurilishi qanday moliyalashtirilishiga aniqlik kiritdi.

“Kazinform” axborot agentligi muxbirining ma’lum qilishicha, mazkur markazlarni byudjetdan moliyalashtirish ko‘zda tutilmagan. Loyihalar xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.  

“Biz xususiy investorlarni taklif qilmoqdamiz. Ushbu masalani muhokama qilish uchun ikkita respublikada bo‘ldik, oltita viloyatni aylanib chiqdik. Mahalliy ijro organlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik, hokimlar bilan birgalikda markazlar uchun ajratilayotgan hududlarni ko‘rib chiqdik

Mahalliy investorlar bilan qo‘shimcha ishlash kerak bo‘ladi. Bu ish faqat sarmoya jalb etish masalasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qozog‘istonlik investorlar uchta qo‘shni respublikada to‘qqizta UTM qurilishiga mablag‘ jalb qilishga tayyor. Har bir markaz qurilishi xarajati taxminan 10 million dollarni tashkil etadi», — dedi vazir. Uning ta’kidlashicha, ushbu ishda yirik treyderlar, savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etmoqda.