Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch qardosh xalqning qo‘shnichilik va sheriklik aloqalari mustahkamlanadi
11:53 / 2025-10-28

Ma’lumki, so‘nggi yillarda Prezidentimizning qat’iy irodasi tufayli qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv muloqot, ishonch va har tomonlama hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.

Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolarga chek qo‘yilib, yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan va o‘zaro manfaatli munosabatlarga tayangan Markaziy Osiyo vujudga keldi.

[gallery-25958]

Parlament quyi palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi Shartnomani (Xo‘jand, 2025 yil 31 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

— 2025 yil 31 martda Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida mazkur Shartnoma imzolangan edi, — dedi deputat Umid Yakubxo‘jayev. — Unga ko‘ra, uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda tutashgan nuqta hududida davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi aniqlandi. Mazkur shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga, butun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro nufuzining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuvi, chegaradosh hududlar iqtisodiy hamkorligining kuchayishi, chegaraoldi savdoning ortishi, chegara hududlarda turli infratuzilmaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

Majlisda qonun loyihasi barcha o‘qishlarda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA