2025 yil 11 avgust kuni soat taxminan 02:20 larda, Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY hududida joylashgan «Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi» MCHJda yong‘in kelib chiqqan.
Bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12.000 m/kv maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi.
Toshkent viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan ish qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituviga olingan.
Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi IIB xabarida.
H.Bayanov,O‘zA