Uch para dzyudochilarimiz oltin medal uchun kurashadi
Paralimipiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha bahslari ham paralimpiyachilarimiz uchun omadli o‘tmoqda.
bugungi bahslarda kurashni boshlagan 4 nafar vakilimizdan 3 tasi finalga yo‘l oldi.
Jumladan, Feruz Saidov (-73 kg), Dovurxon Karamatov (-81 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) yarim final bahsida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 63 kilogrammgacha vaznda kurashayotgan Nafisa Sheripboyeva bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi.
Kechki dasturda vakillarimizning raqibi quyidagicha:
Final:
-73 kg: Feruz Saidov – Temirjan Daulet (Qozog‘iston)
-81 kg: Dovurxon Karamatov – Huseyn Rahimli (Ozarbayjon)
-57 kg: Parvina Samandarova – Cyevda Valiyeva (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
-63 kg: Nafisa Sheripboyeva – Marta Arsa (Ispaniya)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA