Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho‘kib ketgan
12:08 / 2023-05-26

Kuni kecha Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida uch nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. 

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bir nafar bolaning murdasi topilgan.  

Qolgan ikki nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.    

Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.  

Bosh prokuratura fuqarolarga murojaaat qilib, bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslikni, belgilangan  qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA