Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch nafar tennischimiz nufuzli turnir finalida
16:00 / 2025-07-25

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J30 tasnifiga kiruvchi turnirda tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Mahmudbek Beknazarov yarim finalda neytral tennischi Klim Kasinsevni 6:2, 6:0 hisobida yengdi va so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida germaniyalik Viggo Vagenknextga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. 

Juftliklar o‘rtasida esa Mahmudbek Beknazarov va Abdurahmon Karimov dueti bosh sovrin uchun o‘tadigan final uchrashuvida hamyurtimiz Amir Safoyev va neytral tennischi Timur Dautov tandemi bilan o‘zaro raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida Shahodat Ortiqboyeva qozog‘istonlik Linara Bulesheva bilan duet hosil qilib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Endi ular bosh sovrin uchun qozog‘istonlik Kira Ertman va neytral tennischi Aleksandra Kachushkina to‘sig‘idan o‘tishi kerak. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA