Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch nafar shaxs psixotrop va narkotik moddalar bilan qo‘lga olindi
09:46 / 2025-04-21

Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida vohaning turli hududlarida 3 nafar shaxs kuchli ta’sir qiluvichi psixotrop va narkotik moddalar bilan qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida yashovchi Primqul Erimqulov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 28 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop modda bilan G‘allaorol tumanidagi “Sangzor-15” YPX maskanida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. 

Ikkinchi tezkor tadbir Sharof Rashidov tumanida amalga oshirilib, ushbu tadbir jarayonida shu tumanda istiqomat qiluvchi Beg‘ambek Olg‘irbekov boshqaruvidagi va unga tegishli bo‘lgan “Lasyetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, 56 (ampula) dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi. 

Shuningdek, Baxmal tumanida o‘tkazilgan tadbirda esa, shu hududda yashovchi Ilkashboy Jelkashboyev 509 gramm narkotik moddani Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hududidagi yashirin joydan olib, Jizzax viloyatiga keltirayotgan vaqtda qo‘lga olindi. 

Har uchala holatda kuchli ta’sir qiluvchi ushbu dori vositalari va giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA