English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi
09:55 / 2025-06-09

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha "Eindhoven Cup" xalqaro turnirida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqaning yarim final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining etakchi bokschilaridan biri Abdumalik Halokov (-60 kg) mezbon sportchi Mahmud Al Chabtunni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan iste’dodli bokschimiz To‘rabek Xabibullayev esa final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Tog‘ambay Sag‘indikka qarshi ringga chiqdi. Keskin va murosasiz kechgan jangda To‘rabek 4:1 hisobida zafar quchib, endi oltin medal uchun bahs olib boradi.

Shuningdek, -70 kg vazn toifasida ringga chiqqan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda ozarbayjonlik Nabi Isgandarovga qarshi jang o‘tkazdi. Yurtimiz vakili aniq va samarali zarbalari evaziga 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA