Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch mamlakat suv-energetika sohasida hamkorlikni kuchaytiradi
14:13 / 2025-09-08

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari suv va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha,  kecha, 7 sentyabr kuni Cho‘lpon-Ota shahrida ushbu mamlakatlarning energetika va suv xo‘jaligi vazirlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuv chog‘ida kuz-qish mavsumida suv-energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar suv resurslari va energiya ta’minoti bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hamkorlikda hal qilish muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, uch mamlakatning suv-energetika sohasidagi yaqin hamkorligi mintaqada barqaror rivojlanish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Muzokaralar yakunida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish bo‘yicha kelishuvga erishildi va tegishli bayonnomalar imzolandi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA