Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch kunlik xalqaro ko‘rgazmalar ishlab chiqaruvchilar uchun samarali yakunlandi
17:45 / 2024-05-31

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 28-30 may kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» markaziy ko‘rgazmalar majmuida «Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog‘ochsozlik. Mebel va butlovchi qismlar — MebelExpo Uzbekistan 2024» va «To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextile Expo Bahor 2024» xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.

Ularda 18 davlatdan 400 ga yaqin kompaniya yog‘ochsozlik va mebel, butlovchi qismlar, shuningdek, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bilan qatnashdi. 

“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi xodimi Gullola Nodirxonovaning so‘ziga ko‘ra, ushbu ko‘rgazmalarning dastlabki natijalari uch kun davomida ma’lum bo‘ladi. Bunda dastlabki tanishuv, muloqot va hamkorlikka erishiladi. Keyinchalik esa ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan muntazam aloqalarni o‘rnatadi. 

[gallery-17626]

– Ushbu yo‘nalishdagi ko‘rgazmalar har yili o‘tkaziladi. Har gal tashkiliy jarayonlarni boshlaganimizda o‘tgan mavsum natijalari haqida ma’lumot olib, tashkilotimiz saytiga joylab boramiz. Shundan kelib chiqib aytganda, mazkur namoyishlar oddiy tadbir emas, balki ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar va mutaxassislar uchrashib, fikr va tajriba almashadigan katta voqeadir. Bu nafaqat to‘qimachilik va mebelsozlik sanoatidagi eng yangi texnologiyalar va tendensiyalarni namoyish etish imkoniyati, balki biznesni rivojlantirish, aloqalarni o‘rnatish va bitimlar tuzishda muhim bosqichdir, – dedi G. Nodirxonova. 

Ko‘rgazmalar doirasida qator uchrashuv, forum va seminarlar tashkil etildi. 

N.Ziyodullayeva, O.Pardayev (surat), O‘zA